
Sportchilarimiz nufuzli sovrin kutyapti
Joriy yilning 30 mart kuni Xalqaro konkichilar ittifoqi “SU Skating Awards-2025”ning 8 ta yo‘nalishdagi g‘oliblarini e’lon qiladi.
Biz uchun ahamiyatlisi, O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida xalqaro musobaqalarda ishtirok etayotgan bir qator sportchilar nomi “SU Skating Awards-2025” da’vogarlari ro‘yxatida e’tirof qilindi.
Konkida uchishning juftlik yo‘nalishida qatnashayotgan sportchilar Ekaterina Geynish va Dmitriy Chigirev "Mavsumning eng yaxshi debyutantlari" nominatsiyasida g‘oliblikka da’vogarlar ro‘yxatida qayd etildi.
Shuningdek, joriy asr boshida terma jamoamiz sharafini himoya qilgan Tatyana Malinina va Roman Skornyakov "Eng yaxshi murabbiy" yo‘nalishida g‘oliblik uchun nomzodlar ro‘yxatida keltirib o‘tilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Geynish va Chigirev juftligi joriy yilning 25-30 mart kunlari Amerika Qo‘shma Shtatlarining Boston shahrida kattalar o‘rtasida o‘tadigan Jahon chempionatida ishtirok etadi.
Fikrlar