
SPL. "Al Hilol" "Al Ahli" ustidan ishonchli hisobda zafar quchdi
Saudiya chempionatining 11-turidan o‘rin olgan "Al Hilol" - "Al Ahli" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda mezbonlar 3:1 hisobida zafar quchdi.
Dastlab, Savich 1-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 37-daqiqada Mitrovich oradagi farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi. 58-daqiqaga kelib Sen-Maksimen javob golini urdi. 84-daqiqada Ibanes o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.
Shu tariqa, "Al Hilol" turnir jadvalida 29 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. "Al Ahli" 5-pog‘onaga tushib ketdi.
Fikrlar