"Spetsiya" bosh murabbiyi "Jenoa"ga qarshi bahs oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi

  • 24 aprel, 2021, 04:07
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya A Seriyasining 33-turi doirasida "Jenoa" "Spetsiya"ga qarshi bahs olib boradi. Ushbu bellashuv oldidan mehmonlar bosh murabbiyi Vinchentso Italiano o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

Tecno

"Bolonya"ga qarshi o‘yinimiz omadli chiqmagani bizni biroz ranjitmoqda. Biz o‘tgan oy mobaynida mana shu o‘yin mentalitetini shakllantirishga harakat qildik. "Inter"ga qarshi o‘yinda uslubimiz qanchalik samarali ekanini ko‘rsatib bera oldik, nazarimda. 

Natijalarni saqlab qolish uchun ba’zi narsalarni qurbon qilishga ham majbur bo‘lyapmiz. Biz raqibga nisbatan hurmat munosabatida bo‘lishimiz va ochkoga munosib ekanligimizni ko‘rsatishimiz zarur. 

So‘nggi oy mobaynidagi o‘yinimizdan qoniqish hosil qilyapman. Doim ham shunday harakatlarni amalga oshirishimizni xohlardim", - dedi Italiano. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!