
Sobiq "Barselona" yulduzi futbolchilik faoliyatini yakunladi
"Arsenal" va "Barselona" kabi klublarda to‘p tepgan himoyachi Tomas Vermalen futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.
2019 yilda "ko‘k-anorranglilar"ni tark etgan futbolchi 3 yil davomida Yaponiyaning "Vissel Kobe" jamoasi sharafini himoya qildi. Endilikda u Belgiya terma jamoasi murabbiylar shtabida ishlaydi.
Qayd etish lozim, u "Ayaks" va "Roma"da ham samarali faoliyat olib borgan.
36 yoshli fulbek Kataloniya klubi safida to‘rt marta La Liga va uch bora Ispaniya kubogi bosh sovrinini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, Tomas 2015 yilda "blaugranas" bilan birgalikda Evropa chempionlar ligasida ham zafar quchgan.
Fikrlar