Sky Sports: MYu va "Sporting" kelishuvga erishdi

  • 28 yanvar, 2020, 10:49
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sky Sports nashri xabariga ko‘ra, "Sporting" xavbeki Brunu Fernadesh yaqin vaqtlar ichida "Manchester Yunayted"ga ko‘chib o‘tadi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, Portugaliya klubi 25 yoshli yarim himoyachining transferi masalasida MYu bilan kelishuvga erishgan.

Mankunianliklar Fernandesh transferi uchun 46,5 million funt to‘laydi, shuningdek yana 12,5 million portugal klubiga bonus sifatida o‘tkazib berilishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, "Sporting" ushbu shartnomaga futbolchi "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritsa yana qo‘shimcha to‘lov amalga oshirilishi haqida bandni qo‘shib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!