KL saralashi. Shomurodov assist qilgan uchrashuvda "Istanbul Bashakshexir" durang o‘ynadi

  • 13 avgust, 22:46
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Konferentsiyalar ligasi pley-off bosqichiga saralashidan o‘rin olgan "Istanbul Bashakshexir" - "Viking" o‘rtasidagi bellashuvda 1:1 hisobidagi durang natija qayd etildi. 
 
Dastlab uchrashuvning 34-daqiqasida Turkiya klubi himoyachisi Onur Bulut o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Oradan 6 daqiqa o‘tib esa hamyurtimizning uzatmasidan so‘ng Zelke hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Istanbulliklarni ushbu durang ham keyingi bosqichga olib chiqdi. Sababi, jamoa ilk to‘qnashuvda 1:3 hisobida g‘alaba qozonib, uyga qaytgan edi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, 83-daqiqada terma jamoamiz sardori hisoblangan Eldor Shomurodov o‘rniga zaxiradan Yusuf Sari o‘yinga qo‘shildi.

Tecno

  • Europe - Konferensiyalar ligasi
  • Qualification Round 3

Istanbul Bashakshehir

  • Davie Selke 40'
Tugadi
1 : 1

13.08.2025 21:00

Viking

  • Onur Bulut 34'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!