“Siti” superdarvozabon topib qo‘ydi

  • 10 may, 09:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” anchadan beri yuqori saviyali darvozabon qidirmoqda. Bu jamoaning asosiy posboni Ederson o‘tgan yildan beri klubdan ketmoqchi bo‘layotgani bilan bog‘liq.

Tecno

Football Italia nashrining ma’lum qilishicha, Italiya terma jamoasi asosiy darvozaboni Janluiji Donnarummaning PSJdan ketish ehtimoli oshib bormoqda.

26 yoshli posbonning parijliklar bilan shartnomasi yana bir yil davom etadi. Biroq Donnarumma Frantsiya chempionlari bilan yangi bitim tuzishga shoshilmayapti.

Manbaga ko‘ra, A Seriyaning ikki klubi – “Yuventus” va “Inter” Donnarummani Italiya chempionatiga qaytarishni maqsad qilgan. Darvozabon uchun kurashga endi “Manchester Siti” ham qo‘shildi.

Angliya klubi moliyaviy imkoniyatidan kelib chiqib, Donnarummani Italiyaga borib fikridan qaytarishi va Premer-ligaga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirishi mumkinligi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, so‘nggi paytda Janluiji Donnarummani Bundesliga chempionligini “Bayer”dan qaytarib olgan “Bavariya” ham jiddiy kuzatmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Азизжон
10/05/2025 12:27
Зайнаб