
Simeone Messiga ustozlik qilishi kutilmoqda
Argentina futbol assotsiatsiyasi “Atletiko”ni bir necha yildan beri muvaffaqiyatli boshqarib kelayotgan Diego Simeoneni mamlakat milliy terma jamoasi bosh murabbiyligiga olib kelmoqchi.
50 yoshli argentinalik mutaxassisning madridliklar bilan shartnomasi 2021/2022 yilgi mavsum oxirigacha tuzilgan. Shunga qaramay, argentinaliklar Lionel Skaloni o‘rniga Simeoneni taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Simeone “Atletiko”ni 2011 yildan beri boshqarmoqda. Uning qo‘l ostida “Atletiko” Ispaniya chempionati, kubogi va Superkubogi sohibi bo‘lgan. Shuningdek, madridliklar Evropa ligasida ikki marta g‘olib chiqqan.
Fikrlar