
Simeone "Atletiko" afsonasining rekordini takrorladi
Xabaringiz bor, “Atletiko” La Liganing 25-turida safarda “Vilyarreal” ustidan (2:0) hisobida g‘alaba qozondi.
E’tiborlisi, bu Diego Simeone uchun “matraschilar” bosh murabbiyi sifatidagi 308-g‘alaba bo‘ldi. Argentinalik mutaxassis shu tariqa “Atletiko” bosh murabbiyi sifatida eng ko‘p g‘alaba qozongan Luis Aragonesning rekordini takrorladi.
Aytish kerakki, Simeone ushbu natijani qayd etishi uchun 512 ta o‘yin kerak bo‘ldi. Aragones esa bunga 612 ta o‘yin sarflagan.
“Atletiko” 25 turdan so‘ng La Liga musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar