
Shomurodovning raqobatchisiga Bundesliga klubi ham qiziqmoqda
Samaraning “Krilya Sovetov” klubi forvardi Aleksandr Sobolev faoliyatini Germaniya Bundesligasida davom ettirishi mumkin.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda 22 yoshli futbolchiga “Volfsburg” jiddiy qiziqib qolgan va uning uchun rus klubiga 6 mln evro to‘lashga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Sobolevga APLning ikki grandi – “Arsenal” va “Manchester Yunayted” ham qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Sobolev ayni damda Rossiya premer-ligasida “Rostov” hujumchisi, hamyurtimiz Eldor Shomurodov bilan birga to‘purarlik qilmoqda. Ular hisobida 10 tadan gol mavjud.
Fikrlar