Shomurodovning o‘rnini bosadigan hujumchi topilmadi!

  • 12 may, 2021, 08:47
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya premer-ligasida “Rostov” o‘z o‘yin uslubi bilan ajralib turadigan jamoa hisoblanadi. Bosh murabbiy Valeriy Karpin ko‘p iste’dodlarni kashf qilib bergan mutaxassis sifatida hurmat qozongan. U qo‘llaydigan 4-3-3 sxemasi jamoaga hujumda va pressingda ustunlik beradi, futbolchilarning o‘zini ko‘rsatish imkonini oshiradi.

Tecno

Mutaxassislar xuddi shu sxemada ikki yildan beri harakat qilayotgan “Rostov”ning o‘tgan yilgi va joriy chempionatdagi natijalarini solishtirib chiqdi. Ma’lum bo‘lishicha, Valeriy Karpin bultur Eldor Shomurodov etakchiligida jamoani tark etgan futbolchilar o‘rnini munosib tarzda bosadigan yangi ijrochilarni topa olmagan yoki bo‘lmasa, ulardan etarli darajada samara chiqa olmagan.

56063af2cb81be5186aeb9337f99924b5f78d9f58b21b388610982

“Rostov” ayni paytda chempionatning so‘nggi turi oldidan 43 ochko bilan 9-o‘rinda turibdi va yana bir pog‘onada ko‘tarilish imkoni bor xolos. Demak, Karpin jamoasi Evropa Ligasi musobaqasiga chiqa olmaydi.

Shomurodov o‘ynagan davrda – ya’ni, o‘tgan yilgi  chempionatni rostovliklar beshinchi o‘rinda yakunlab, Evromaydonda to‘p tepish imkoniga ega bo‘lgandi va yaxshi bilamizki, rostovliklarning Evropa Ligasidagi ilk uchrashuvida Eldor Shomurodov “Makkabi” darvozasini ishg‘ol qilgandi.

2019-2020 yilgi mavsumda “Rostov” 45 ta golidan 38 tasini karantin joriy qilingunicha kiritgan va bu ligadagi ikkinchi ko‘rsatkich edi. Shu gollardan 11 tasi Eldor Shomurodovning aniq zarbasidan keyin urilgandi. Tahlilchilar bu jamoaning eng ustun tomoni hujum va yarim himoyada individual kuchli o‘yinchilarning jamlangani ekanini ta’kidlamoqda.

5386857cc0b60ae7663015ac90f99e5560782aaf69627030177163

Statistika ham gol+pas tizimidagi natijalarda buni tasdiqladi:

Eldor Shomurodov: 11 ta gol +6 pas

Aleksey Ionov: 6 ta gol + 7 pas

Xoren Bayramyan: 4 ta gol + 4 pas

Shomurodov bir o‘yinda o‘rtacha 74 foiz to‘pni raqibdan olib qo‘ygani bilan ajralib turgandi.

Yozgi va qishki transferlar vaqtida “Rostov”ni Eldor Shomurodov (“Jenoa”), Aleksey Ionov (“Krasnodar”), Ivelin Popov (“Sochi”), Evgeniy Chernov (“Krasnodar”), Dmitriy Chistyakov (“Zenit”), Baxtiyor Zaynutdinov (TsSKA) va Roman Eremenko (jamoasiz) tark etdi.

Ularning o‘rniga David Toshevski (“Rabotnichki” Makedoniya), Kento Xashimoto (“Tokio” Yaponiya), Dmitriy Poloz (“Sochi” Rossiya), Vladimir Obuxov (“Tambov” Rossiya), Aleksandr Pavlovets (“Dinamo-Brest” Belarus), Pontus Almkvist (“Norrcheping” Shvetsiya), Armin Gigovich (“Xelsingborg” Shvetsiya), Xaytam Aleesami (“Amen” Frantsiya), Ali Sou (TsSKA Bolgariya) va Rossiyaning turli klublaridan boshqa futbolchilar kelib qo‘shildi.

Biroq Karpinning yangi shogirdlari eskilari ko‘rsatgan natijalardan ancha uzoqda yuribdi. Xatto ayrim statistik ko‘rsatkichlar bo‘yicha hozirgi futbolchilar o‘zlaridan oldingilarga eta olgani yo‘q.

Eng ko‘p zarba bergan o‘yinchilar “Top-6”: Normann (bir o‘yinda o‘rtacha 1,5 zarba), Popov (1,5 zarba), Eremenko (1,6 zarba) va Shomurodov (1,6 zarba)  va Pavel Mamaev (1,9 zarba)

Zarba uchun qulay to‘p uzatish: Ionov ( bir o‘yinda  o‘rtacha 1,8 pas), Zaynutdinov (1,8 pas), Eremenko (1,2 pas) va Shomurodov (1 pas).

O‘tgan mavsumda jamoaning asosiy hujumchisi Eldor Shomurodov 11 gol va 6 ta golli pas muallifi bo‘lgan edi. “Rostov”ning bu galgi to‘purarlaridan Dmitriy Poloz oltita gol va uchta assistni amalga oshirgan bo‘lsa,  Xashimoto ham oltita to‘p kiritdi.  

86bf9925656105694d9897fb753fbae460782ac6dc906466998858

Xullas, o‘z o‘yin uslubi bilan muxlisu mutaxassislar e’tiborini qozonib kelgan “Rostov”ning hozirgi o‘yinchilari o‘tgan mavsum yulduzlari darajasiga ko‘tarila olmadi. Italiya A Seriyasida o‘ynayotgan Eldor Shomurodovning o‘rnini bosadigan hujumchini topishning imkoni bo‘lmayapti.

A Seriya skautlari Shomurodovni maqtayapti!

 Transfermarkt o‘zbekistonlik to‘purarning Angliya klubiga o‘tish imkonini baholadi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!