
Shomurodovning goli “Roma”ni mag‘lubiyatdan qutqardi. Endi Mourinoning munosabati o‘zgaradimi?
Eldor Shomurodov “Roma”ning eng ko‘p muhokama qilinayotgan futbolchilaridan biriga aylanib qoldi. Gap shundaki, legionerimiz yuqori sport formasida bo‘lishiga qaramay, Joze Mourino unga juda kam o‘yin amaliyoti bermoqda.
Shomurodov faqat O‘zbekiston milliy terma jamoasining o‘rtoqlik o‘yinlarida maza qilib o‘ynayapti va har qanday raqib darvozasini ishg‘ol qilishga qodirligini ko‘rsatyapti. Bosh jamoasi safida 2022 yil hisobida o‘nta uchrashuvda o‘n bitta gol urgani shandan dalolat bermoqda.
“Roma”ning milliy chempionatdagi tanaffusdan foydalanib, Yaponiyada tashkil etgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ham Eldor Joze Mourino boshchiligidagi murabbiylar shtabining o‘ziga nisbatan munosabatini o‘zgartirishga harakat qilmoqda.
Yaponiyada tashkil etilgan ikki o‘rtoqlik uchrashuvida ham buni sezish mumkin edi. Ayniqsa, “Yokogama Marinos”ga qarshi bahs Shomurodov uchun juda ahamiyatli bo‘ldi.
Mazkur bahs mezbonlarning ustunligida boshlandi. Birinchi bo‘limda Eduardo va Nishimura rimliklar darvozasini ishg‘ol qilib, yapon jamoasini hisobda ikki to‘p farqi bilan oldinga olib chiqdi.
Joze Mourino asosiy o‘zgarishlarni tanaffus amalga oshirdi. Markaziya hujumchi sifatida o‘ynagan Temmi Abraxam o‘rniga Eldor Shomurodovni, Filippo Missori joyiga Kristian Volpatoni va Nemanya Matich pozitsiyasiga Nikola Dzanoloni tushirdi.
Bu o‘zgarishlar samarali bo‘ldi. Dastlab, Nikolo Dzanolo “Yokogama Marinos” darvozasini ishg‘ol qilib, hisobdagi farqni qisqartirdi. Rimliklar golni nishonlashga ulgurmay turib, uch daqiqa ichida Matsubara “Roma” darvozasiga uchinchi to‘pni kiritdi.
Joze Mourino shogirdlari oxirigacha kurashgani tahsinga sazovor. Braziliya terma jamoasiga jalb etilmay, Qatardagi jahon chempionatidan quruq qolgan himoyachi Rojer Ibanes alamini “Yokogama Marinos”dan oldi. Gol urib hisobdagi farqni minal darajaga etkazganida o‘yinning 84-daqiqasi o‘tib borayotgan edi.
O‘rtoqlik uchrashuvi yakunlanishi arafasida katta sahnaga Eldor Shomurodov chiqdi. Legionerimizning jamoasining so‘nggi hujumi chog‘ida kerakli paytda, kerakli joyda hozir bo‘ldi va to‘pni raqib darvozasiga joylab, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Gollarga boy bo‘lgan o‘yin 3:3 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Endi Shomurodovning bu urinishi Joze Mourino va uning murabbiylar shtabidan joy olgan mutaxassislarning munosabatini o‘zgartirishiga umid qilamiz. Chunki Italiya matbuoti keyingi paytda o‘zbek hujumchisini poytaxtdan ketishi haqida ko‘p yozmoqda.
Shomurodovni “Montsa”, “Torino”, Kremoneze”, “Sampdlriya”, “Bolonya” kabi A Seriya klablari o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Ularning asksariyat hamyurtimizning transferini so‘rab, “Roma” rahbariyatiga murojaat qilgani ham ma’lum.
Endi “Roma” tayyorgarlikning navbatdagi bosqichini Portugaliyada o‘tkazadi. Joze Mourinoning yurtidagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini Eldor Shomurodovning kelajagini hal qilishi kutilmoqda.
Vaziyat Shomurodov istagandek emas!
O‘runov jamoasiz qolganining haqiqati ochildi!
Shomurodov va Abraxamdan keyin Dibala ham “Roma”dan ketadigan bo‘lyapti!
Fikrlar