Shomurodovni ortga qaytarishmoqchi!

  • 7 dekabr, 2022, 19:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kuchli beshlik chempionatlaridagi yagona vakilimiz – Eldor Shomurodov A Seriyadagi faoliyatini Genuya shahrida boshlagan edi. Hammamizga ma’lumki, ushbu shahar sharafini himoya qiladigan Italiyaning eng qadimiy klubi – “Jenoa” 2020 yilning oktyabrida o‘zbek hujumchisini “Rostov”dan jami 9 million evroga transfer qilgandi.

Tecno

Genuya shahridagi faoliyat legionerimiz uchun o‘ziga yarasha samarali bo‘ldi. Italiya chempionatida 31 ta uchrashuvda sakkizta gol va bitta assist, Italiya kubogidagi bitta o‘yinda bitta assist qayd etdi.

Eldor ikkinchi mavsumini ancha jiddiy klub – “Roma”da boshladi. Rim klubiga ko‘chib o‘tganidan beri davom etib kelayotgan eng katta va yagona muammo o‘yin amaliyotining etishmasligidir. Hamyurtimiz qanday sport formasida bo‘lishidan va boshqa hujumchilardan qolishmasligini isbotlab kelayotganidan qat’i nazar, Joze Mourino etarli imkoniyat bermayapti.

shoma

Agar Eldor Shomurodov o‘ziga yarasha yuqori saviyali hujumchi bo‘lmaganidan har transfer oynasi davrida bir necha klublar o‘rtasida talash bo‘lmasdi.

Hozir ham yozdagi holat takrorlanmoqda. Italiyaning o‘zidan “Montsa”, “Bolonya”, “Torino”, “Spetsiya”, “Kramoneze”, “Verona” va “Sampdoriya” o‘zbek hujumchisining xizmatiga ko‘z tikmoqda. Ularning aksariyati Rim klubiga o‘z taklifini yuborgan.

Qishki transferlar oynasi ochilmay turib, “Sampdoriya” ham Shomurodov transferi bo‘yicha ish boshladi. Bu klub Eldorni kuchli beshlik ligalaridagi faoliyatini boshlagan ilk manzil - Genuya shahriga qaytarmoqchi. 

“Sampdoriya” Genuya shahrining ikkinchi klubi. O‘tgan mavsumda “Jenoa” yuqori divizionni tark etganidan keyin A Seriyada Genuyaning yagona vakili sifatida “Sampdoriya” kuch sinashmoqda. Biroq, Deyan Stankovich shogirdlari juda murakkab vaziyatda. Jamoa bitta g‘alaba va uchta durang bilan 19-pog‘onaga tushib qolgan.

Eng achinarlisi, genuyaliklar 15 ta o‘yinda raqiblar darvozasiga atigi oltita to‘p kiritgan xolos. Shu bois, Deyan Stankovich asosiy hujumchi sifatida barcha o‘yinlarda maydonga tushib, bittagina gol urgan Franchesko Kaputoga javob berib, o‘rniga Eldor Shomurodovni olib kelmoqchi.

 La Gazzetta dello Sport gazetasi jurnalisti F. Grimaldining xabar berishicha, “Sampdoriya” aktsionerlari majlis o‘tkazib, transferlarga mablag‘ ajaratish masalasini, xususan, Shomurodovni Genuya shahriga qaytarishni muhokama qiladi.

Ayni paytda bu klubda Disse Baldini barcha transferlarga mas’ul etib belgiladi. Uning asosiy vazifasi “Roma” sport direktori Tyagu Pintoni o‘zbek futbolchisini mavsum oxirigacha Genuyaga ijaraga qo‘yib yuborishga ko‘ndirish bo‘ladi.

Ayrim manbalar, Rim klubi Shomurodovni ijaraga olmoqchi bo‘layotgan klublardan uning yarim yillik faoliyati uchun 750 ming evro miqdorida maoshini to‘lashni ham talab qilayotganini yozmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodovni "Sampdoriya" muxislari yaxshi biladi. O‘zbekistonlik hujumchi "Jenoa" tarkibida bu jamoaga qarshi o‘yinda golli pas uzatgan. "Roma" futbolchisi sifatida esa "Sampdoriya" darvozasini ishg‘ol qilgan.

1633235935_3205633-65667928-2560-1440

Genuyaliklar legionerimizni Italiya futboliga yaxshi moslashgani uchun ham o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda.  

Avvalroq, Eldor Shomurodov musobaqa jadvalining quyi pog‘onalarida joylashgan jamoalar, xususan, “Kremoneze”ning taklifini qabul qilmagani, balki Evropakuboklar uchun kurashayotgan “Torino”ga o‘tishga moyil ekani haqida ham xabarlar tarqatilgan edi.

Shomurodov “xatosini” tushunib etdi...

Corriere dello Sport: Mourino Shomurodov “Roma”ga kelishini bilmagan!

"Roma"ni qutqargan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

O‘runov jamoasiz qolganining haqiqati ochildi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!