Shomurodovdan qanday qilib maksimum foyda chiqarish mumkin?

  • 3 sentabr, 2023, 20:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

Eldor Shomurodov o‘ynayotgan “Kalyari”ning hujum chizig‘ida raqobat yanada kuchayadigan bo‘ldi. Ayni paytda Klaudio Raneri boshchiligidagi murabbiylar oldingi chiziqda asosan Leonardo Pavoletti va Zito Luvumboga ishonch bildiryapti. Eldor Shomurodov esa, dastlabki ikki turda faqat zaxiradan maydonga tushirildi.

Tecno

64e414a212053

Sardiniya klubi “Milan” tarbiyalanuvchisi Andrea Petanyani qo‘lga kiritdi. O‘tgan mavsum jamoa to‘purari bo‘lgan Janluka Lapadula jarohatdan qutilib, safga qaytsa, Klaudio Raneri ixtiyoridagi forvardlar soni besh nafarni tashkil qiladi. Bu esa, ulardan kamida uchtasi uchrashuvni zaxira o‘rindig‘ida boshlashidan dalolat beradi.

Taniqli murabbiy Leonardo Semplichi “Kalyari”ning yangi hujumchilari – Eldor Shomurodov va Andrea Petanyadan zo‘r hujum juftligi chiqishini ta’kidlamoqda. Bu mutaxassis har ikki forvardning imkoniyatlarini juda yaxshi biladi.

Semplichi SPAL jamoasida Petanyaga ustozlik qilgan bo‘lsa, Shomurodov o‘tgan mavsum Spetsiyada uning qo‘l ostida o‘ynadi. Klaudio Raneri bu ikik hujumchi borasida Semplichi bergan ma’lumotlardan foydalanishi mumkin.

- Klaudio Raneridek murabbiy tarkibni shakllantirishga e’tibor qaratgan bo‘lsa, bunda uning asosiy sabablari bor. Bu transferlar hamma uchun foydali bo‘ladi, deb o‘ylayman. Shomurodovga o‘zining eng yaxshi sifatlarini ko‘rsatishi va jamoa muvaffaqiyatlariga hissa qo‘shishi uchun murabbiylarning ishonchini his qilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Biz o‘tgan mavsumda Shomurodovning jismoniy va texnik xarakteristikasini yuqori darajaga olib chiqish uchun muayay ishlarni amalga oshirgan edik.  

Eldor maydon ichkarisidan hujum uyushtirishni yaxshi ko‘radi va uning bu xususiyati Petanyaning o‘yin xarakteristikasiga juda mos tushadi.

Qolaversa, jamoa boshida bu ikki hujumchidan maksimum foyda chiqara oladigan tajribali Klaudio Raneri turibdi, - dedi Leonardo Semplichi.

“Kalyari” A Seriya debyutanti hisoblandi. Klaudio Raneri oldiga jamoani yuqori divizionda olib qolish vazifasi qo‘yilgan.

Biroq, jamoaning aksariyat o‘yinlarida A Seriyada to‘p tepish tajribasi oqsamoqda. Shu bois, murabbiylar shtabi tarkibni shakllantirishda o‘yinchilarning yuqori bosim ostida o‘ynay olish salohiyatini ham inobatga olishiga to‘g‘ri keldi.

Xususan, Eldor Shomurodov ham, Andrea Petanya ham Italiya futboliga yaxshi moslashgan tajribali forvardlar sirasiga kiradi.

O‘zbek hujumchisi A Seriyada uch yildan beri to‘p tepyapti. “Kalyari” uning to‘rtinchi jamoasi. Eldor avvalgi jamoalari – “Jenoa”, “Roma” va “Spetsiya”da o‘z hisobiga gol yozib qo‘ya olgan o‘yinchi. Bundan tashqari hamyurtimiz Italiya jamoalari safida o‘zi ishtirok etgan barcha musobaqalar – A Seriya, Italiya kubogi, Konferentsiyalar ligasi va Evropa ligasi saralash turnirlarida ham raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan.

4f5fbe53d8ad1b24046432d3970746d68c068733-16x9-x0y75w800h450

Petanya Eldor Shomurodov bilan tengqur. 28 yoshli futbolchi “Milan” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Faoliyati davomida “Askoli”, “Atalanta”, SPAL, “Napoli” kabi jamoalarda to‘p tepgan. “Montsa” uni o‘tgan yili ijaraga olib o‘ynatib, shu yoz “Napoli”dan  to‘liq transfer qilgan edi.

Husanov ham bor! Evropa Chempionlar ligasi oldidan “Lans” himoyachisini tilga olishdi

Endi Shomurodovga yanada qiyin bo‘ladi, sababi...

Legionerimiz gol urdi

Legionerlarimizga aniq shart qo‘yildi

To‘rt futbolchimiz dunyoning eng qimmat ligalarida to‘p tepmoqda!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
ibroximmm
03/09/2023 00:20
Шомуродов карирасини тугатсаям буларди
ХОЛМУРОДОВ АМИР
02/09/2023 19:09
Бугун хам асосийда йук Петаня келди энди уйнаши даргумон
&
Бахриддин М.З.
02/09/2023 16:39
Яхшиси бошқа клубига сотсин, ёки Ромага қайтарсин фойдаси аниқ чиқади
ХОЛМУРОДОВ АМИР
01/09/2023 11:27
Энди аник захирада утиради
&
Бахриддин М.З.
01/09/2023 09:29
Яхшиси қутилиш йўлини ўргатсин, sportsuz хам тинчирди