
Shomurodov uchun xushxabar! "Roma" hujumchisi Ronaldu bilan birga to‘p tepishi mumkin
"Manchester Yunayted" jamoasi "Roma" hujumchisi Temmi Abraxamni o‘z safiga qo‘shib olish niyatida.
"Il Messaggero" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, ingliz klubi 24 yoshli futbolchiga shartnoma taklif qilishi mumkin.
Mankunialiklar Krishtianu Ronalduga o‘rinbosar qidirishni boshlab yuborgan. Shuningdek, "Yunayted" Abraxam va Sanchoning do‘stligi mazkur transferda rol o‘ynashiga umid qilmoqda.
Xabar berilishicha, rimliklar manfaatli taklif tushsagina, angliyalik goleadorni qo‘yib yuborishga tayyor.
Ma’lumki, legionerimiz Eldor Shomurodov "bo‘rilar" sharafini himoya qiladi. Angliyalik futbolchi klubni tark etgan taqdirda, Eldor ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Abraxam joriy mavsum barcha turnirlar doirasida 23 ta gol hamda 4 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar