Shomurodovning “Roma”ga kerakli ekanini isbotlay olmagani o‘yini qanday baholandi?

  • 21 may, 2022, 20:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” va “Torino” jamoalari Turindagi o‘yin bilan A Seriyani birinchi bo‘lib yakunlandi. Bu bahs mezbonlar uchun hech qanday ahamiyat kasb o‘tmasada, Joze Mourino shogirdlari uchun o‘ta muhim edi. Sababi, g‘alaba qozonilgan taqdirda rimliklar kelasi mavsumni Evropa ligasida o‘tkazishi kafolatlanardi.

Tecno

Poytaxtlik “bo‘rilar” shunga yarasha o‘iddatli o‘yin ko‘rsatdi. Biz uchun quvonarlisi, Eldor Shomurodov 167 kunlik tanaffusdan so‘ng, ilk bor boshlang‘ich tarkibdan joy oldi. Avvalgi turda “Venetsiya”ga gol urib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qolga legionerimiz o‘tgan yilgi kabi mavsumni yuqori notada yakunlanishini kutgandik. Biroq, o‘yin qahramonlari uning raqobatchisi Temmi Abraxam va jamoa sardori Lorentso Pellegrini bo‘ldi. Abraxamdan dubl, Pelligrinidan bitta gol va hisob 3:0.

GettyImages-1398360809-1

Italiya futbolini keng yoritib borayotgan www.calciomercato.com  sayti uchrashuvda ishtirok etgan o‘yinchilarning harakatlarini tahlil qilib, ularni baholab chiqdi. O‘tgan o‘yinda eng yuqori ball olgan Eldorda bu gal teskari natija bo‘ldi.

Demak, batafsil tanishamiz.

Ruy Patrisio 6 ball:

Bu o‘yinda portugaliyalik darvozabon bir marta jamoasini qutqardi. Ikkinchi bo‘lim boshida raqib futbolchisi Tommazo Pobeganing gol urishiga yo‘l qo‘ymadi va shu orqali turinliklarning o‘yinni qutqarishga bo‘lgan ishtiyoqini bo‘g‘ib qo‘ydi.

Janluka Manchini 6,5 ball:

Birinchi bo‘limda mezbonlar hujumchisi Brekaloga, bahsning ikkinchi yarmida Marko Pyatsaga  o‘yin bermadi.

Marash Kumbulla 7 ball:

Kris Smolling o‘rniga himoya markazida ajoyib o‘yin namoyish qildi. Birinchi bo‘limda gol urishi mumkin edi. Uning kuchli zarbasini mezbonlar posboni qaytarib qoldi.

Rojer Ibanes 6 ball:

Himoyadan joy olgan uch futbolchi orasida eng ko‘p muammo duch kelgan Ibanes bo‘ldi. Ayniqsa, Andrea Belottiga qarshi o‘ynashda ancha qiynaldi.

Nikola Zalevski 6,5 ball:

O‘z tezkorligi bilan raqib himoyachilarini ancha qiynab qo‘ydi. Nikola chap qanot o‘yinchisi bo‘lishiga qaramay, qarama-qarshi tomonda ham ishonchli o‘ynay olishini ko‘rsatdi.

Rik Karsdorp 6 ball:

Zalevski o‘rniga maydonga tushib, o‘yinga yaxshi qo‘shildi va jamoadoshlariga hujum uyushtirib berishga harakat qildi.

Jordan Veretu 6,5 ball:

Maydon markazini ushlab turdi. Ikkinchi bo‘lib boshida himoyachi xatosidan foydalanib, xavfli zarba yo‘lladi.

Serjiu Oliveyra 6 ball:

Uzoq masofadan zarbalar yo‘llashga harakat qildi. Odatdagidek, aniqlik etishmadi. Shunga qaramay, ancha samarali va qo‘pol xatolarsiz o‘ynadi.

Brayan Kristante 6 ball:

Oliveyraning o‘rniga tushgan Kristante ajoyib formada ekanini namoyish qildi va faol o‘ynadi.

Leonardo Spinatstsola 6 ball:

Yuqori sport foramidan uzoq ekani ko‘rinib turibdi. Shunga qaramay, ikkinchi bo‘limda ancha faollik ko‘rsatdi.

Lorentso Pellegrini 7 ball:

Birinchi goldagi vaziyat jamoa sardorining xizmati evaziga yuzaga keldi. Jamoasining uchinchi golini urdi.

Temmi Abraxam 7,5 ball:

“Roma”ning Evropa ligasiga yo‘llanma olishida eng ko‘p xizmat qilgan o‘yinchi Abraxam bo‘ladi. Bir juft goli bilan o‘yin taqdirini hal qildi.

Eldor Shomurodov 5,5 ball:

Joze Mourino nihoyat o‘zbek hujumchisini Temmi Abraxam bilan birga ilk daqiqalardan o‘ynatdi. Shomurodov maydondagi o‘yinchilar orasida eng sust o‘ynagani bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limdagi o‘yini Mourinoga ma’qul kelmadi va uni yana zaxiraga o‘tqazib qo‘ydi.

Nikolo Dzanolo 6,5 ball:

Shomurodov o‘rniga zaxiradan maydonga tushgan 22-raqam egasi aslida asosiy tarkib o‘yinchisi kim ekanini isbotlab qo‘ydi.

20220521_015103_

Joze Mourino 7 ball:

“Roma” Evropa ligasi masalasini Konferentsiyalar ligasi finaligacha hal qilib qo‘yishni ma’qul topdi. Mourino jamoasiga g‘alaba keltira oladigan taktika topa oldi.

Mourino: MDH tomonlardan yana bir o‘yinchi olmasak bo‘lmaydi!

“Spartak” O‘runovni suhbatga chorladi. Maqsad aniq!

"Olimpiko"dagi so‘nggi golni urgan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

Legionerimiz o‘ziga Evropaning kuchli ligalariga yo‘l ochmoqda!

“Roma”ning po‘stagini qoqamiz!

Legionerimiz: Murabbiy men bilan gaplashmay qo‘ydi!

Shomurodov, endi senga yanada qiyin bo‘ladi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Восток
21/05/2022 21:21
Нима дердик омади келмади Бори шу экран.хакикатда Буш уйнади.харакат килиш керак