
Shomurodov paydo bo‘lishi bilan keskin o‘zgarishlar ro‘y beradi!
Klaudio Raneri “Roma” taklifini erda qoldirmay, pensiyadan yana ishga qaytgani jamoa o‘yinida shov-shuvli tarzda ijobiy o‘zgarishlarga poydevor bo‘ldi.
73 yoshli rimlik mutaxassis 2024 yilning noyabr oyi oxirida bosh murabbiylikni qo‘lga olib, musobaqa jadvalining quyi qismiga tushib qolgan jamoani yuqori pog‘onalarga ko‘tardi. Endi “bo‘rilar” uch oy muqaddam ertakdek tuyulgan marralarni zabt etishni ko‘zlamoqda. Tajribali murabbiy mehnati samaralari tufayli “Roma” kelasi mavsum Evropa Chempionlar ligasiga yo‘llanma beradigan o‘rinlar uchun kurashmoqda.
Joze Mourino bir qancha yulduzlar yordamiga tayanib, katta xarajatlar evaziga bo‘lsa-da, sal kam uch mavsumda uddalay olmagan vazifani tarkibdagi bor futbolchilarga suyangan va katta transferlarni talab qilmagan Klaudio Raneri yarim yilda mukammal tarzda amalga oshirish imkoniga ega bo‘lib turibdi.
“Roma”ning A Seriyadagi mag‘lubiyati 2024 yilning 15 dekabriga to‘g‘ri keladi. O‘shanda poytaxtliklar “Komo” maydoniga safar uyushtirib, 0:2 hisobidagi mag‘lubiyatdan bilan qaytgan edi. Shundan beri Raneri shogirdlari chempionat doirasida 11 ta g‘alaba va to‘rtta durang qayd etdi.
Ana shu murakkab jarayonda “Roma” eng qiyin uchrashuvlardan birini A Seriyaning 32-turida “Latsio”ga qarshi o‘tkazadi. “Olimpiko”dagi bellashuvda rasmiy mezbon “Latsio” hisoblanadi.
Ayni paytda nufuzli manbalar va taniqli ekspertlar bo‘lajak o‘yin tahlili bilan mashg‘ul. Xususan, 1982-1983 yilgi mavsumda “Roma” safida Italiya chempioni bo‘lgan hujumchi Mauritsio Iorio jurnalistlarga bergan intervyusida “bo‘rilar”ning hujum chizig‘iga ham baho berdi.
Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlart e’tiboriga ushbu intervyuni taqdim etishni ma’qul topdi.
- “Roma”ning Italiya chempionatida “Lechche” va “Yuventus”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvlaridagi gollar ikki hujumchi – Artyom Dovbik va Eldor Shomurodov birga o‘ynagan pallada kiritildi. Bu forvardlarni “Latsio”ga qarshi ilk daqiqalardan birga o‘ynatish g‘alabani ta’minlashi mumkinmi?
- Menimcha, bu ishni bellashuv davomida amalga oshirgan ma’qul bo‘lsa kerak. Eldor maydonda paydo bo‘lishi bilan “Roma”ning o‘yini keskin tarzda o‘zgarib ketadi.
Eldor har doim har bir to‘p uchun kurashadigan va maydonning ichkarisidan ustunlikni ta’minlashga harakat qiladigan mehnatkash o‘yinchi.
Menga qolsa, jamoani yuksalishga olib chiqqan o‘yin uslubi va sxemalarini o‘zgartirmagan bo‘lardim. Eldor va Artyom birgalikda o‘ynab ham natija beryapti va buni yaxshi uddalamoqda. Biroq ularning har ikkisini boshlang‘ich tarkibda maydonga tushirish katta tavakkalchilik bo‘ladi.
- Dovbikning mavsumini qanday baholaysiz?
- Raqamlar uning munosib o‘yinchi ekanidan dalolat beryapti va bunga shubha yo‘q. Lekin uning jismoniy ko‘rsatkichlardan kelib chiqib, Artyom jamoaga oldinga o‘tish uchun yanada ko‘proq yordam berishini istayman. O‘tgan mavsum Romelu Lukaku shunday o‘ynagan edi.
Hozir ukrainalik hujumchi ana shunday o‘ynashga majbur bo‘lyapti, chunki buni Klaudio Raneri jiddiy tarzda talab qilyapti. Dovbikning o‘yin uslubi biroz boshqacha shakllangan va u jarima maydonchasi ichida to‘p uzatilishini kutadi. Paulo Dibala yo‘qligida unga to‘p juda kam etib kelmoqda. Bu holatda Matias Sule va Lorentso Pellegrini ko‘proq gol urishi talab etiladi. Lekin katta o‘yinlarda ular ham ukrainalik forvard kabi o‘zini etarli darajada ko‘rsata olmayapti.
- Bo‘lajak derbi futbolchilar o‘zini ko‘rsatishi uchun yaxshi imkoniyat, desak bo‘ladimi?
- Aslida ham shunday. O‘yin o‘ta muhim ahamiyatga ega. Agar Evropaga yo‘l ochishni istasak, bu uchrashuvda oltinga teng g‘alabani qo‘lga kiritish shart. Hali oldinda “Bolonya” kabi yuqoriga intilayotgan jamoalar bilan o‘yin bor. “Roma” to‘xtamasligi kerak.
A Seriyaning 32-turidan o‘rin olgan “Latsio” hamda “Roma” o‘rtasidagi derbi 13 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. “Olimpiko” stadionidagi bahs Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi.
Shomurodovga yangi missiya yuklandi!
Xushxabar: Shomurodovning kelajagi hal bo‘ldi!
Shu ish amalga oshsa, Husanov Yamal bilan birga o‘ynaydi!
17 yoshli baquvvat futbolchimiz Husanov ortidan boradi!
Ana xolos: Husanovni qo‘llab kelgan Xoland tez orada “Siti”dan ketadigan bo‘lyapti
“Roma” fanatlari supergoldan keyin Shomurodov haqida nimalar deyapti?
Shomurodov “top-3”da! Eldor kerakmas o‘yinchidan qahramonga aylandi
Fikrlar