Shahram G‘iyosov muddatdan avval g‘alaba qozondi!

  • 13 aprel, 05:26
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
BEPUL PROPAN

Ayni paytda AQShning Atlantik-siti shahrida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tmoqda.

E’tiborlisi, unda hamyurtimiz Shahram G‘iyosov Argentina vakili Franko Okampoga qarshi ringga ko‘tarildi. Bokschimizning ustunligida boshlangan bahs uzoqqa cho‘zilmadi. G‘iyosov raqibni 4-raunddayoq texnik nokautga uchratib, professional boksdagi o‘n ettinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, bir kun avval Shahram bu jangini marhuma qizi uchun bag‘ishlashini ma’lum qilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek10
13/04/2025 08:19
Shahramga gap yo‘q boshiga tushgan yo‘qotishdan keyin ham o‘zini yo‘qotmay jang qildi