Serj Gnabri "Bavariya"ning yakunlangan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi

  • 21 iyun, 2019, 19:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniyalik yarim himoyachi Serj Gnabri muxlislar talqiniga ko‘ra yakunlangan 2018/19 mavsumda “Bavariya”ning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Tecno

Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 23 yoshli futbolchi 35 ming muxlis ishtirok etgan so‘rovnomada 27,9%  ovoz bilan birinchi o‘rinni egallagan. Kuchli uchlikdan esa Yozua Kimmix (25,6%) va Robert Levandovskilar (11,6%) joy olishdi.

Ma’lumot uchun, Gnabri o‘tgan mavsum Bundesligada jami 30ta o‘yinda maydonga tushdi va 10ta gol hamda 7ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!