
Sergey Kovalyov: "Hozir menda haqiqiy murabbiy bor"
WBO yo‘nalishining yarim og‘ir vazn toifasidagi chempioni Sergey Kovalyovning aytishicha, endi u faoliyatidagi eng kuchli murabbiy - Baddi Makgirt bilan ishlamoqda ekan.
“Men Baddiga 100 % ishonaman. U haqiqiy murabbiy. Professional faoliyatim boshlanganidan 10 yil o‘tgach, nihoyat haqiqiy murabbiy bilan ishlamoqdaman”,-dedi Kovalyov.
Eslatib o‘tamiz: 2 noyabr kuni Sergey Las- Vegasda WBA chempioni Saul Alvaresga qarshi jang o‘tkazadi.
Fikrlar