
Sardorga "Napoli" xaridor bo‘lmoqda
Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi forvardi Sardor Azmun faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
Eron terma jamoasi a’zosiga "Napoli"dan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda. Italiya nashrlarining yozishicha, piterliklar 25 yoshli futbolchini 25 mln evroga baholashmoqda.
Ma’lumot uchun, Azmun joriy mavsum “Zenit” safida 29 ta o‘yinda maydonga tushdi va 14 ta gol hamda 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar