
Sanjar Tursunov va Bahodir Jalolov o‘z jangini o‘tkazdi. Bugungi kunning barcha natijalari bilan tanishing
Dubayda boks bo‘yicha Osiyo chempionati yarim final janglari o‘z nihoyasiga etdi. To‘liq 10 nafar bokschi bilan qatnashgan jamoamiz a’zolaridan 3 tasi imkoniyatni boy bergan holda bronza medaliga sazovor bo‘ldi. 7 nafar charm qo‘lqop ustalarimiz 31 may kuni bo‘lib o‘tadigan final bosqichida chempionlik uchun kurashni davom ettiradi. Bugungi kun natijalari bilan tanishing:
-49 kg: g‘alaba Nodirjon Mirzahmedov - Unubold Orxontangalag (Mo‘g‘uliston)
-52 kg: g‘alaba Shahobiddin Zoirov - Azat Usenaliev (Qirg‘iziston)
-57 kg: g‘alaba Mirazizbek Mirzaxalilov - Junmilardo Ogayre (Filippin)
-60 kg: mag‘lubiyat Abdumalik Xalakov - Tsenbataar Erdenebat (Mo‘g‘uliston)
-64 kg: mag‘lubiyat Elnur Abduraimov - Chinzorig Baatarsux (Mo‘g‘uliston)
-69 kg: g‘alaba Bobousmon Baturov - Vikas Krishan (Hindiston)
-75 kg: g‘alaba Saidjamshid Jafarov - Eumir Marsial (Filippin)
-81 kg: g‘alaba Dilshodbek Ro‘zmetov - Shabbos Negmatulloev (Tojikiston)
-91 kg: mag‘lubiyat Sanjar Tursunov - Sanjit (Hindiston)
+91 kg: g‘alaba Bahodir Jalolov - Alanzi Abdulrahman (Kuvayt)
Fikrlar