
Saloh APLda yana bir rekordni takrorladi
"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh fevral oyi yakunlariga ko‘ra Angliya premer-ligasining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda liga matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Saloh ushbu mukofotni ettinchi marotaba qo‘lga kiritdi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha u APL rekordini takrorlab, "Tottenxem"ning sobiq hujumchisi Xarri Keyn va "Manchester Siti"ning sobiq forvardi Serxio Aguero bilan tenglashdi.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyida 32 yoshli misrlik futbolchi APLning oltita o‘yinida ishtirok etib, oltita gol urdi va to‘rtta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. "Liverpul" 29 ta o‘yindan so‘ng 70 ochko to‘plab, liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar