
Saka nega "Arsenal"ni tanlagani haqida gapirdi
"Arsenal" futbolchisi Bakayo Saka nima uchun bu jamoani tanlaganini aytdi. U yoshligidan "kanonirlar" muxlisi ekanini gapirib o‘tdi.
"Mening oldimda "Arsenal", "Chelsi", "Uotford" va "Tottenxem" kabi variantlar bor edi. Biroq men bolaligimdan "to‘pchilar" fanati bo‘lganman. Tabiiyki, tanlov borasida ko‘p o‘ylanib o‘tirmadim. Yoshligimda ushbu jamoa aniq maqsad va ishonchli loyihaga ega kuchli jamoa edi", - dedi Saka.
Ma’lumot o‘rnida, Bakayo Saka joriy mavsum APL doirasidagi 20 ta bahsda 6 gol va 4 assist muallifi bo‘lib turibdi.
Fikrlar