Sadio Mane: "Real"? Men faqat Chempionlar ligasi finali haqida o‘ylayapman

  • 29 may, 2019, 21:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" forvardi Sadio Mane o‘zining "Real" Madridga ko‘chib o‘tishi mumkinligi borasidagi xabarlarga munosabat bildirib o‘tdi.

Tecno

“Mish-mishlar futbolning bir qismi. Lekin, men uchun eng muhimi bu – “Liverpul”. Men bu erda baxtliman.

Ammo, bunday klubning qiziqayotgani yoqimli albatta. Biroq, “Liverpul” grand jamoalarni mag‘lubiyatga uchratganini ham unutmaslik lozim.

Men hozir faqatgina Chempionlar ligasi haqida o‘ylayanman. Men unda g‘olib chiqmoqchiman”, - deydi senegallik futbolchi.

Ma’lumot uchun, 27 yoshli Mane joriy mavsum mersisaydliklar safida jami 49ta o‘yinda maydonga tushdi va 26ta gol hamda 2ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!