
Sadio Mane o‘zi tug‘ilgan qishloqqa 276 ming evro sarflab maktab qurib beradi
"Liverpul" klubi forvardi Sadio Mane Senegaldagi o‘zi tug‘ilgan qishloqqa maktab qurish uchun 276 ming evro sarflamoqchi ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatmoqda.
Ta’kidlash kerakki, 27 yoshli futbolchi bundan avval Bambali qishlog‘iga o‘z hisobidan kasalxona qurdirib bergan edi. Bundan tashqari u ko‘plab qishloqdoshlariga moddiy yordam qo‘lini jo‘zadi, bolalarga esa futbol atributkalarini bepul etkazib beradi.
Eslatib o‘tamiz, Senegal terma jamoasi yaqindagina nihoyasiga etgan Afrika Millatlar kubogida finalga qadar etib bordi va Jazoirga imkoniyatni boy berib kumush medallariga sazovor bo‘ldi.
Fikrlar