Sablyachi qizlarimiz jamoaviy dasturda kumush medallarni qo‘lga kiritishdi

  • 2 noyabr, 2024, 13:36
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Boshqalar
BEPUL PROPAN

Sablya bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Koreya Respublikasining Pusan shahrida o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogi bosqichini muvaffaqiyatli yakunladi. Qizlar o‘rtasida kechgan musobaqaning jamoaviy yo‘nalishdagi bahslarida hamyurtlarimiz kumush medallarga ega chiqishdi.

Chorak finalda Tailand, yarim finalda Gonkong jamoalarini mag‘lub etgan yurtdoshlarimiz finalda mezbonlarga 39:45 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Bellashuvlarda Gulistan Perdibaeva, Fernanda Errera, Samira Shokirova hamda Ayakoz Jumamuratova yurtimiz sharafini himoya qildilar.

Eslatib o‘tamiz, kecha o‘tgan yakkalik dasturidagi bahslarda Gulistan Perdibaeva bronza medali sohibiga aylangan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!