Ro‘ziqul Berdiev: Xavotirli bo‘lsa ham qiziqarli o‘yin ko‘rdik!

  • 25 avgust, 2021, 22:30
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

OFK kubogi hududiy final bosqichidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Ahal" uchrashuvida mezbonlar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev va futbolchisi Marko Stanoevich ishtirok etdi va o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

Tecno

O‘yin og‘ir bo‘lishiga o‘zimiz sababchi bo‘ldik, deb o‘ylayman. 2ta goldan keyin to‘xtab qoldik. Raqib jamoa murabbiyi o‘yinga o‘zgartirish kiritdi, deb o‘ylamayman. Biz faqat o‘zimizning xatolar evaziga gol o‘tkazdik. Bunday holatda har qanday jamoa jaxolashga qodir. Natija qoniqarli bo‘lsa ham o‘yin kutilganidek bo‘lmadi.

O‘yinoldi matbuot anjumanida o‘yin qiziqarli bo‘ladi, deb aytgandim. Guvohi bo‘ldingiz, xavotirli bo‘lsa ham, qiziqarli o‘yin ko‘rdik.

Penaltilarni odatda, Marko tepardi. Lekin o‘yin oldidan agar penalti belgilansa, uni Husayin tepishini tayinlagandim. Stanoevich AGMKga 11 metrlik nuqtadan foydalana olmagandi. Norchaev ham ancha sovuqqon futbolchi. Shogirdlarim mashg‘ulot davomida penalti tepishni o‘zaro mashq qiladi va ko‘rdikki, bu foyda berdi.

OFK kubogidagi o‘yinlardan shuni angladimki, o‘zbek futbolining darajasi qo‘shnilarimiznikidan yuqorija ekan. Ko‘pchilik Tojikistonning "Istiqlol" jamoasi hozir bizdan kuchli, deb hisoblagandi. Ammo bunday emas.

Marko Stanoevich: Raqib bizga ikkinchi taymda bosim uyushtirib hisobni tenglashtirdi. O‘sha paytda biz o‘yinni tashlab yubordik. Oxiriga qadar kurashishimiz kerak edi. Keyinchalik shunday qilganimiz uchun ham g‘alaba qozona oldik, deb o‘ylayman.

Biz mashg‘ulotda penalti tepishni mashq qilamiz va oramizdagi eng yaxshi ijrochi aynan Ro‘ziqul Berdiev hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!