
Ro‘ziqul Berdiev: "Ochko yo‘qotishga munosib o‘ynadik"
Superliganing 8-turidan o‘rin olgan “Xorazm” – “Nasaf” (1:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev matbuot anjumanida qatnashdi.
- Biz bugun ochko yo‘qotishga haqli edik. O‘zimiz o‘ylagan o‘yinni ko‘rsata olmadik. Menimcha, raqib ko‘proq vaziyat yaratdi va bizdan yaxshiroq ko‘rindi. Balki yigitlarimizni ruhiy tarafdan bu o‘yinga tayyorgarligi yaxshi bo‘lmagandir. Bugungi ochko yo‘qotishimizni bir necha omillari bor. Yana qaytaraman: biz ochko yo‘qotishga munosib o‘ynadik.
- “Xorazm” jamoasini kuzatib borasiz. Jamoa haqidagi fikrlaringiz qanday?
- Tajribali jamoa yig‘ildi. Tarkibdagi barcha futbolchilar yaxshi darajada o‘ynashgan. Bugun ham isbotlashdi. Menimcha, ularga tushunishi uchun ozgina vaqt kerak. Ularni o‘yini yaxshilanib boradi. Chunki tajribali futbolchilar menimcha o‘z darajasini ko‘rsata oladi. Xorazmga ham futbol qaytgani juda ham yoqimli. Agar jamoa o‘z uyida o‘yinlarini o‘tkazsa bu yanada yoqimli va muxlislari uchun ham yaxshi bo‘ladi.
Fikrlar