Ro‘ziqul Berdiev: "Gol urishimiz shart"

  • 18 aprel, 2022, 18:39
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ertaga Qarshining "Nasaf" jamoasi OChL 4-turi doirasida "Al-Faysali" jamoasi bilan kuch sinashadi. Bugun ushbu bahs oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. 

"Ajdarlar" safida Ro‘ziqul Berdiev bilan birgalikda Norchaev ham mazkur matbuot anjumanida ishtirok etdi. 

Ro‘ziqul Berdiev

Barchaga assalomu alaykum. "Al Faysali" guruhimiz etakchisi bo‘lib turibdi. Ular o‘tgan uchta o‘yinda bunga munosibligini isibotladi. 3-turdagi uchrashuvda xatolarimiz evaziga yutqazdik. Ertangi bahsda xatolarimizni to‘g‘rilab, kerakli natija qayd etishga harakat qilamiz. 

Nasaf birinchi o‘yindagi mag‘lubiyatdan keyin ikkinchi uchrashuvda yana avtobus qo‘ygan raqib bilan o‘ynaydi. Bunga jamoa tayyormi?

Jamoa juda avtobus qo‘yib olmadi-yu, lekin yaxshi himoyalandi. Biz ertangi o‘yinda raqib qanchalik zich himoyalansa ham ularning darvozasiga yo‘l topishimiz shart. 


Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
SAMARIDDIN AMUR GPZ UZB
18/04/2022 21:00
Albatta G'alaba juda zarur