Ro‘ziqul Berdiev finaldagi mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi?

  • 5 noyabr, 2021, 23:36
  • Javokhir Azimov
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

"OFK Kubogi-2021" final o‘yinidan so‘ng, matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda “Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev ishtirok etdi va quyidagicha fikrlarni bildirib o‘tdi. 

Tecno

- Raqibni g‘alaba bilan tabriklaymiz. Raqib bugun haqli g‘alabaga erishdi. Birinchi tezkor gol va ikkinchi o‘tkazib yuborilgan gol yakunda o‘yin taqdirini hal qildi. Ikkinchi golda jiddiy xatoga yo‘l qo‘ydik. Futbolchilar bugun issiq havoda biroz charchab qolishdi. Qolaversa, raqib jamoaning muxlislari ham juda yaxshi qo‘llab-quvvatlab turishdi. Bu ham ularning g‘alabasida muhim omillardan biri bo‘ldi. Ikkinchi golga qadar biz hujumlar tashkil qilayotgan edik. Lekin goldan keyin hujum qilishni to‘xtatdik. 

Bizning jamoamiz ancha yosh, yigitlarning bu kabi katta finallarda o‘ynash tajribalari yo‘q. Bugun biz o‘yin borishini nazorat qilishga urindik, lekin yakunda hisobda mag‘lub bo‘ldik. 

Yigitlarga ko‘rsatgan o‘yinlari uchun minnatdorlik bildiraman, - dedi mutaxassis.

O‘z PFL matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Кахрамонжон Сафаров
06/11/2021 23:17
Рузикул укажоним Сиз бошчилигингиздаги жамоага кейинда омад тилаб сизга алохида Ватан туйгуси ва шаъни учун килган мехнатларингиз учун мухлис тарикасида рахмат айтаман кейинги омадлар сизларни тарк этмасин мардлик сизни тарк эмасин олга.............
Фарход Махкам
06/11/2021 13:55
Бу фожеа эмас шу жойга етиб келганлар танкид килиинмайдилар
Ulja Tojiev
06/11/2021 06:50
хеч киси йук