Ro‘ziqul Berdiev: "Ertaga o‘ziga ishonchi bor futbolchi penalti tepadi"

  • 5 noyabr, 2024, 22:11
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Ertangi "Nasaf" - "Al Husseyn" uchrashuvidan oldin matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi va unda Ro‘ziqul Berdiev va Abduvohid Ne’matov qatnashdi. 

"Bu turnirda ham o‘z oldimizga maqsad qo‘yganmiz. Birinchi navbatda keyingi bosqichga o‘tish. Ertaga har bir futbolchidan maksimal harakat qilishi talab qilanadi. Bu juda ham muhim. Raqibimizni birinchi o‘yini orqali o‘rganib chiqdik. Menimcha, o‘yinga etarlicha tayyorgarlik ko‘rdik. Muxlislarimizni xursand qilish uchun ham g‘alaba qozonishimiz kerak. 

Ro‘ziqul aka, sizni juda yaxshi bilamiz. Raqibni kuchli va kuchsiz tomonlariga qarab taktika tuzasiz. Bizda bir xavotir bor. Raqibdan ertaga qanday kutilma (syurpriz) kutyapsiz? Chunki ular tarkibida ham juda kuchli yig‘ilgan?

Bu turnirda mamlakatning kuchli jamoalari yig‘ilgan. Qur’a boshida kuchli raqiblar bilan tushganimiz,  jiddiy guruhga tushganimiz ma’lum edi. Jamoalar chempionlar hisoblanadi. Bizni esa Samarqandda jiddiy o‘yin kutib turgan edi. Rotatsiyaga qo‘l urdik, kam amaliyotgan ega futbolchilardan foydalandik. Ammo ularni yomon o‘ynadi deya olmayman. Lekin biz baribir mag‘lub bo‘ldik. Bu 3 ochkoni qaytarish uchun ham ertaga g‘alaba qozonamiz. 

Turnir jadvalidagi raqamlarga qaraydigan bo‘lsak, "Nasaf" 3 ta gol urib, shuncha o‘tkazib yuborgan. Eng kam gol o‘tkazgan jamoalar qatorida. Shundan kelib chiqsak, "ajdarlar"ning himoya chizig‘i guruhda eng kuchlimi? 

Hozirga zamonaviy futbolda yaxshi himoya chizig‘i juda muhim hisoblanadi. Bu har turnirda muhimdir. Agarda g‘alaba qozonmoqchi bo‘lsangiz, yaxshi himoya kerak bo‘ladi. Ammo biz ertaga ko‘proq hujum chizig‘iga e’tibor beramiz. Raqibning darvozasini ishg‘iol qilishmiz kerak bo‘ladi. 

Agar ertaga penalti bo‘lsa, yana Abduvohid Ne’matov tepadimi?

Bizda jarimalarni amalga oshiradigan ko‘p o‘yinchilar bor. Ba’zi bir futbolchilarimiz ishonchini oqlay olmadi, ba’zi birlari esa bundan foydalanyapti. Muhim pallalarda imkoniyatlardan foydalanganlar bor va buni o‘zlaringiz yaxshi bilasiz. Ertaga o‘ziga ishonchi bor futbolchi penalti tepadi",-  dedi "ajdarlar" ustozi.

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!