
Rossiya terma jamoasi a’zosi faoliyatini Superliga klubida davom ettiradi
"Sochi" klubi va Rossiya terma jamoasi himoyachisi Fyodor Kudryashov faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda NTVSpor nashri xabar bermoqda.
Aniqrog‘i, 32 yoshli futbolchiga "Antalyaspor" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Tomonlar allaqachon 1,5 yillik shartnoma imzolash bo‘yicha kelishuvga erishishgan.
Ta’kidlash kerakki, Kudryashov uchun Turkiya chempionati begona emas. Boisi, u o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini "Istanbul Bashakshexir" klubida o‘tkazgan edi.
Ma’lumot uchun, Kudryashov bu mavsum 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urishga erishdi. 16 dekabr kuni esa “Sochi” u bilan shartnomani bekor qilgan edi.
Fikrlar