Rossiya klubi O‘runovni transfer qilishga o‘ylanib qoldi!

  • 21 dekabr, 2021, 07:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya futbolida juda tez nom qozongan Oston O‘runovning kelajagi yana mavhum bo‘lib qoldi. Yaxshi xabaringiz bor, 2020 yil boshida Toshkentning “Lokomotiv”idan Rossiya chempionatiga yo‘l olgan iste’dodli yarim himoyachimiz “Ufa”da zo‘r o‘ynagan edi.

Tecno

Keyin “Spartak” bilan besh yillik shartnoma imzoladiyu, faoliyatida omadsiz bosqich boshlandi. Moskva klubi rahbariyati ham, murabbiylar shtabi ham O‘runovga umuman ishonch bildirmadi va o‘zini ko‘rsatishi uchun imkon ham bermadi. Aslida “Spartak” klubi o‘z muammolarini hal qila olmaydigan darajaga kelib qolgan.

oston-urunov-zabil-pervyj-gol-za-spartak_1600280291389713168

Rossiyada eng ko‘p muxlisga ega bo‘lgan bu klub chempionlik uchun kurashishni maqsad qilgan bo‘lsa-da, xorijdan bir necha murabbiy olib kelganiga qaramay, tobora cho‘kib bormoqda. Hozir avvalgi qudratli “Spartak”ning nomidan boshqa hech narsasi qolmagan.

Oston O‘runov joriy mavsum boshida ijara asosida “Ufa”ga o‘tganidan keyin bu klub mavsum oxirida o‘zbek futbolchisini sotib olishga qaror qilgani haqida axborotlar tarqatilgan edi. Xususan, ufaliklar bosh direktori doim O‘runovning iste’dodini yuqori baholab, o‘yinchini qadrlab kelgan.

Biroq, “Ufa” klubining hozirgi ahvoli O‘runovning kelajagini yana mavhumlashtirib qo‘ydi. Jamoada moliyaviy inqiroz kuzatilmoqda. Puli yo‘q klubning Rossiya premer-ligasida jon saqlab qolishi amri mahol. “Ufa” sifatli o‘yin ko‘rsatishga harchand urinmasin, musobaqa jadvalida havfli zonadan chiqib keta olgani yo‘q. Ular 18-turdan so‘ng 16 ochko bilan 15-o‘rinda bormoqda.

Bir qarashda, jamoa tarkibi u qadar zaif emas. Hamid Agalarov 13 ta gol bilan musobaqada to‘purarlik qilmoqda, Oston O‘runov, Artyom Golubev, Boyan Yokich, Vladislav Kamilov, Timur Jamaletdinov kabi o‘yinchilarning qo‘lidan ko‘p ish keladi. Lekin puli yo‘q jamoaning natijasi yuqori bo‘lmasligi achchiq haqiqat.

18058979_192_216_1744_1089_1920x0_80_0_0_a4aefa78f20afba9e43dc3423e4bdf54

Yaqinda klub bosh direktori Shamil Gazizov Boshqirdiston rahbari Radiy Xabirov bilan uchrashib, “Ufa” taqdirini gaplashdi. Rossiya matbuoti tarqatgan xabarlarga qaraganda, rahbariyat “Ufa”ning premer-ligada qolishidan manfaatdor. Radiy Xabirov Gazizovga “Ufa” uchun pul ajratilishi, biroq hozir ular premer-ligada qolishni uddalashlari lozimigini uqtirgan.

O‘z navbatida, moliyaviy muammolar bevosita Oston O‘runovning kelajagiga ham ta’sir qiladi. Chunki bu o‘yinchini sotib olish uchun mavsum oxirida “Spartak”ga bir million evro atrofida pul to‘lash talab etiladi.

Shamil Gazizov bu masalaga o‘z munosabatini bildirdi.

- Biz moliyaviy ahvolimizdan kelib chiqib, shunga mos futbolchilarni tanlashga majburmiz. Byudjet masalasida hali biror aniqlik yo‘q. Xususan, Oston O‘runovning transferi bo‘yicha “Spartak” bilan muzokaralarni boshlashga ham hali erta, - dedi Shamil Gazizov.

21 yoshli o‘zbek futbolchisi faoliyati davomida “Ufa”ga uchinchi marta qo‘shildi. Mavsum boshidan beri barcha turnirlarda ettita uchrashuvda maydonga tushdi. O‘zi to‘p tepgan o‘yinlarda hamyurtimiz mahoratini namoyish qilmoqda. Biroq, ko‘p jarohat olayotgani faoliyatining bir tekis davom etishiga xalaqit qilayotgani ham bor gap.

photo_2021-10-31_18-02-31

“Ufa” futbolchilari qatori Oston O‘runov ham qishki ta’tilni boshlab yubordi. Jamoa kelasi yilning 8 yanvarida Moskvada yig‘iladi. Tibbiy ko‘rikdan keyin jamoa qishqi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish uchun 9 yanvarda Turkiyaga uchib ketadi.

Rossiya klubi Odil Ahmedovga murojaat qildi!

Abraxam Shomurodovning “ishi”ni takrorladi!

Abraxam – chaqmoq, Dzanolo – dovul, Shomurodov qanday baholandi?

Shomurodov shoshilmasa bo‘lmaydi!

Shomurodovning hisobi bo‘sh...

Shomurodov golga hissa qo‘shgan g‘alabadan so‘ng Mourino katta gapirib qo‘ydi!

Shomurodov va Abraxamga “Chelsi” yulduzi yordam beradi!

Bu futbolchi Shomurodovning o‘rnini tortib oldi!

Legionerimiz eng zo‘r futbolchilar qatorida!

O‘zbek legioneri katta summaga transfer qilinadi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!