
Ronalduning ilk rekordi sindi
Krishtianu Ronaldu “Sporting” tarixida eng yosh debyutant maqomini boy berdi. Uning rekordi yosh vinger Joelson Fernandesh tomonidan yo‘qqa chiqarildi.
Ronaldu “Sporting”da ilk o‘yini 17 yosh, olti oyligu 9 kunligida o‘tkazgan. “Jil Visente”ga qarshi uchrashuvda maydonga tushgan Fernandesh 17 yosh, 4 oylik va uch kunligida debyut qildi.
Krishtianu “Sporting” tarkibida 2002-2003 yillarda to‘p surib, 31 ta uchrashuvda beshta to‘p kiritgan.
Fikrlar