Ronalduda 2 ta variant qoldi

  • 15 iyul, 2022, 14:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronalduda jamoasini almashtirish uchun faqatgina 2 ta variant qoldi. Portugaliyalik yulduz Ispaniya yoki Germaniya chempionatiga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Tecno

ESPN nashri xabariga ko‘ra, portugaliyalik futbolchining xizmatlariga hozircha "Bavariya" va "Atletiko" klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Krishtianuni o‘z safiga qo‘shib olishi haqida juda ham ko‘p yozilgan Londonning "Chelsi" klubi nihoyat ushbu transferni amalga oshira olmasligi tobora oydinlashmoqda.

37 yoshli Ronaldu o‘tgan mavsum barcha turnirlarda 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. Uning "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!