
Ronaldu “Real”dagi sobiq jamoadoshini “Manchester Yunayted”da ko‘rmoqchi
Madridning "Real" klubida o‘yin amaliyotisiz qolayotgan yarim himoyachi Marko Asensio faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
“Todofichajes” nashri xabariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga xarakat qilmoqda. Agent Xorxe Mendesh "qizil iblislar" rahbariyati bilan Asensio transferi bo‘yicha bir nechta uchrashuvlar o‘tkazgan.
Manbada ta’kidlanishicha, "Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Real"dagi sobiq jamoadoshini "Old Trafford" egalari safiga o‘tishini istamoqda.
26 yoshli yarim himoyachining transfer narxi 40 million evroni tashkil etadi. Uning "Real" bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Fikrlar