
Ronaldu Messi sabab "An-Nasr"dan ketishi mumkin!
Portugaliya terma jamoasi va Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi sardori Krishtianu Ronaldu klubdan ketishi mumkin. Bu haqda taniqli mutaxassis Ben Jeykobs o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Menimcha, u yana bir mavsum qoladi. Ronalduning Saudiyada yakunlamagan ishlari juda ko‘p, uning shaxsiyatidan kelib chiqsak, Krishtianu bu vaziyatda shunchaki taslim bo‘lish yo‘lini tanlamaydi.
Hozir uning jamoasi ligada 2-o‘rinni band etib turibdi, Saudiya superkubogi va Osiyo chempionlar ligasi "Nasr" uchun yakunlandi. Qolaversa, "Al-Hilol"ga qarshi so‘nggi o‘yinda u maydondan chetlatildi.
To‘g‘ri, portugal kurashishdan qochmaydi. Lekin oxirgi paytdagi vaziyatlar uning asabiylashishiga sabab bo‘lmoqda. Muxlislarning unga "Messi, Messi", deya baqirishlari hujumchining o‘zini nazorat qila olmasligiga sabab bo‘lmoqda. Balki shu voqealar sabab "Krish" Saudiyani tark etishga ertaroq qaror chiqarar...", - dedi Saudiya futboli bo‘yicha mutaxassis hisoblangan Jeykobs.
Fikrlar