Ronaldu faoliyatini qaerda davom ettirishi hal bo‘ldi

  • 11 aprel, 09:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Portugaliya terma jamoasining jahon futbolida eng ko‘p gol urgan  hujumchisi Krishtianu Ronalduning kelajagi haqida turli xabarlar tarqatilayotgan edi.

Sportitalia nashrining ma’lum qilishicha, 40 yoshli to‘purar kelajagi bo‘yicha bir qarorga kelib bo‘lgan. Shartnomasi 30 iyun kuni yakunlanadigan yulduz “An-Nasr” bilan hamkorligini yana ikki yilga uzaytiradi.

Evropada “Sporting”, “Real”, “Yuventus” va ikki marta “Manchester Yunayted”da o‘ynagan Ronaldu 2023 yilning boshida Saudiya Arabistoniga kelgan edi. Shundan beri u “AN-Nasr” safida 98 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 88 ta gol va 19 ta assist yozdirib qo‘ydi.

Ronalduning rasmiy uchrashuvlardagi gollari soni 931 tani tashkil qilmoqda. Mashhur to‘purarni FIFA tomonidan o‘tkazilayotgan yangi formatdagi jahon chempionatida ishtirok etadigan jamoalar qisqa fursatga o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!