
Ronaldu EChLda ishtirok etish fikridan qaytmagan
"Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis hamon Krishtianu Ronalduni Neapol klubiga olib kelishiga ishonmoqda.
Shu bilan birga, italiyaliklar ham, portugaliyalik futbolchining o‘zi ham to‘liq transfer emas, balki faqat ijara variantni ko‘rib chiqmoqda, deb xabar beradi "Marca".
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag Ronalduning "Old Trafford"da qolishini aytdi. Biroq, Krishtianu faqat Chempionlar ligasida o‘ynashni istamoqda va shu bois, imkon qadar ketish yo‘llarini qidirmoqda.
Avvalroq, futbolchining agenti Xorxe Mendesh italiyaliklar bilan kelisha olmagani va shu sabab muzokaralar to‘xtab qolgani aytilgan edi. Biroq futbolchiga yaqin manbalarning ta’kidlashicha, muzokaralar hali to‘liq yakunlanmagan.
Fikrlar