
Ronaldu chaqirsa ham bormayman!
“An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu klub rahbariyatidan “Manchester Siti” yarim himoyachisi Mateo Kovachichni olib kelishni so‘rayotgani haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi.
Taniqli insayder Fabritsio Romano bu masalaga oydinlik kiritdi.
Manbaning ta’kidlashicha, Mateo Kovachich “Manchester Siti”dan ketmoqchi emas. Xorvatiyalik futbolchi “shaharliklar” safiga 2023 yilning yozida qo‘shilgan edi.
Hozircha, Saudiya Arabistoni vakillari bilan hech qanday muzokara bo‘lgani yo‘q.
Boshqa manbalar “An-Nasr” vakillari futbolchi bilan qishki transferlar vaqtida aloqa o‘rnatishni rejalashtirayotgani haqida yozmoqda. Shayxlar 30 yoshli o‘yinchini ko‘ndirish uchun unga haftasiga 1 million evro maosh to‘lanishi to‘g‘risida ma’lumotlar tarqatilgan edi.
Kovachichning manchesterliklar bilan hamkorligi 2027 yilning yarmigacha davom etishi belgilangan.
Fikrlar