
Romero Messidan uzr so‘radi
Taniqli insayder Jerrard Romero Leo sakkizinchi "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgach, argentinalik forvard “Barselona” prezidenti Joan Laporta bilan uchrashgani va u bilan qachon xayrlashuv o‘yinini Kataloniyada o‘tkazish yaxshiroq bo‘lishini muhokama qilgani haqida ma’lumot e’lon qildi.
"Sen yana yolg‘on gapiryapsan", - deya Messi instagram sahifasiga yozib qoldirgandi. Romero bunga javoban:
"Messi haqidagi xabarlar uchun uzr so‘rayman. Men yana aldandim. Sizdan uzr so‘rayman va barcha so‘zlaringizni to‘g‘ri, deb bilaman. Ushbu holat boshqa takrorlanmasligiga va’da beraman", - dedi Romero.
Fikrlar