"Roma"ning "Lester"ga qarshi javob o‘yinini qaysi hakam boshqarishi ma’lum bo‘ldi

  • 3 may, 2022, 20:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” 5 may kuni UEFA Konferentsiyalar ligasining yarim final javob bahsida o‘z maydonida “Lester”ni qabul qiladi.

Tecno

Rimdagi uchrashuvni serbiyalik Srjan Yovanovich boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bu haqda UEFA rasmiy sayti e’lon qildi.

Ma’lumot uchun, Yovanovich joriy mavsum aynan Konferentsiyalar ligasi doirasida "Roma"ning "Trabzonspor"ga qarshi o‘yinini boshqargan. O‘sha uchrashuvda Rim klubi 3:0 hisobida zafar quchgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!