
Smolling barcha shartlarni bajardi
“Roma” himoyasining etakchisiga aylangan Kris Smolling joriy mavsumdagi uchrashuvlari sonini 20 taga etkazdi va bu orqali klub bilan amaldagi shartnomasini avtomatik tarzda yana bir mavsumga uzaytirish huquqini qo‘lga kiritdi.
Corriere dello Sport nashrining ma’lum qilishicha, endi futbolchining klub bilan kelishuvi 2024 yilning yozigacha cho‘zilgan hisoblanadi.
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino avval bir necha marotaba klub rahbariyatidan angliyalik 32 yoshli himoyachining shartnomasini uzaytirishni so‘ragan edi.
Joriy mavsumda Smolling yigirmata uchrashuvda qatnashib, o‘z vazifasini bajarishdan tashqari, raqiblar darvozasini uch marotaba ishg‘ol qilishni ham uddaladi.
Fikrlar