
"Roma" PSJda omadi chopmagan yulduzni ijaraga olmoqchi
PSJ yarim himoyachisi Jorjino Veynaldumga A Seriyaning ikki grand klubi qiziqish bildirmoqda.
"Calciomercato" nashri bergan xabarga ko‘ra, futbolchining agenti uning xizmatlarini amaldagi Italiya chempionlari "Milan" klubiga taklif qildi.
Avvalroq, niderlandiyalik futbolchining "Roma"ga o‘tishi borasida xabarlar chiqayotgandi. "Bo‘rilar" uni sotib olish varianti bilan bir mavsumga ijaraga olishni rejalashtirayotgandi.
O‘tgan mavsumda 31 yoshli xavbek parijliklar safida jami 38 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol hamda 2 ta samarali uzatma muallifiga aylangan.
Fikrlar