
“Roma” fanatlari supergoldan keyin Shomurodov haqida nimalar deyapti?
Eldor Shomurodov “Yuventus”ga qarshi o‘tkazilgan murakkab o‘yinda, zaxiradan maydonga tushib supergol urdi. Legionerimizning bu aniq zarbasi orqali “Roma” Evropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashish imkoniyatini saqlab qoldi.
Poytaxt klubining ashaddiy fanatlari klubning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida muhokamani to‘xtatayotgani yo‘q.
Sports.uz portali rimlik futbol ishqibozlarining Eldor Shomurodov haqidagi fikr-mulohazalarini havola etishni ma’qul topdi.
Alessandro Muzi:
Eldor kerak bo‘lgan payda doim o‘z o‘rnida, bizning o‘zbekka gap yo‘q!
David la Gamba:
Yaxshiyam Shomurodov bor ekan...
Father and Son Football:
Raneri imkon berdi, Eldor ishonchni oqladi.
Mario Ianniccari:
40 million evro to‘langan o‘yinchidan 20 million evroli futbolchi foydali chiqib qoldi.
Elisabetta Abbrugia:
Shomurodov yordamga har doim tayyor.
Luigi Stabile:
Eldor gollar qiroli!
Emiliano Minnucci:
Shomurodovga umrbod davom etadigan shartnoma bering!
Massimiliano Fratocchi:
Shomurodovning imkoniyatlariga ishongan kam sonli muxlislardanman. Mana haqiqiy futbolchi!
Piero Iegre:
Eldor maydonga tushishi bilan borini berib o‘ynaydi. Hujum uyushtiradi, himoyaga qaytadi...
Paolo Barabani:
Dovbikka qaraganda, Shomurodov yaxshiroq. Bizning Klaudio Raneri Eldorning kerakligini faqat yutqazayotganimizda tushunib etadi.
Stefano Tordi:
Eldorning goli xursand qildi, ikkinchi bo‘limda yaxshi o‘ynadik.
Stefano Pizzi:
Eldor “Roma” xaloskori.
Michele Annucci:
Eldor jamoa uchun muhim figuraga aylanmoqda, Dovbik yaxshi o‘ynay boshladi. Ko‘p narsa mana shu ikki hujumchiga bog‘liq.
Thomas Newkirk:
Raneri Shomurodovni qachon maydonga tushirishni biladi. Shuning uchun ham muxlislar bu murabbiyni yaxshi ko‘radi.
Wong Ricky:
Bu goldan keyin Shomurodovning nomi tushirilgan “Roma” formasini sotib olaman!
Gianluca Burchielli:
Jangovar durang, adolatli natija. Endi ikki hujumchi bilan o‘ynashga o‘tish kerak. Eldor Shomurodovni boshlang‘ich tarkibda o‘ynatadigan vaqt keldi. Uning ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Mersia De Cesare:
Eldor Shomurodov qiyin paytda maydonga tushdi, gol urdi va “Roma”ni yuqori o‘rinlarda bo‘lishga loyiqligini isbotladi.
Paul Mathers:
Shomurodov keyingi o‘yinni ilk daqiqadan boshlashga loyiq natija ko‘rsatdi. Bu durang uning xizmatlari samarasi. Kurash davom etadi...
Fikrlar