
Riberi yana 2 yil futbol o‘ynamoqchi
Shartnomasi yakunlanib, "Bavariya" klubidan ketgan frantsiyalik vinger Frank Riberi hozircha faoliyatini qaerda davom ettirish bo‘yicha bir qarorga kelmadi.
“Hozircha yangi jamoam qaysi bo‘lishi haqidagi savolga javob qaytara olmayman. Yana 2 yil futbol o‘ynamoqchiman va hozirda yaxshi taklif bo‘lishini kutyapman. Oldimda bir qator takliflar bor, biroq, men oilamni ham inobatga olishim kerak”, - deydi Riberi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq 36 yoshli futbolchiga "Sheffild Yunayted" va "Marsel"dan takliflar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar