“Real”ning yangi nishoni kim ekanligini bilasizmi?

  • 6 iyul, 2022, 13:09
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi “Bavariya” yarim himoyachisi Serj Gnabrini sotib olmoqchi. Ma’lumotlarga ko‘ra, transfer summasi 50 million evroni tashkil qilishi mumkin.

Tecno

Gnabri myunxenliklarning asosiy tarkib futbolchi bo‘lishiga qaramay, uning kelajagi shubha ostida qolmoqda. Futbolchining shartnomasi bir yildan so‘ng yakuniga etadi va tomonlar kelishuvni uzaytirish borasida hali  bir qarorga kelmagan.

"Real" Madrid esa bu vaziyatdan unumli foydalanib qolishni istamoqda. “Defensa Central” nashri xabariga ko‘ra, futbolchi Marko Asensio yozda "Qirollik klubi"ni tark etishga qaror qilgach, Ispaniya klubi Gnabrini qo‘lga kiritish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.

Serj o‘tgan mavsumda “Bavariya”ning Bundesliga doirasidagi 34 o‘yinida maydonga tushib, o‘z hisobiga 14 gol va 5 golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!