
"Real"ning "Valensiya"ga qarshi o‘yini qoldirilishi mumkin. Sababi...
Ispaniya La Ligasining 12-turidan o‘rin olgan “Valensiya” – “Real Madrid” uchrashuvi mamlakatda ro‘y bergan dahshatli dovul e’lon qilingan motam sabab boshqa sanaga qoldirilishi mumkin. Bu haqda Relevo internet nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, hozirda Valensiya provintsiyasida o‘nlab odamlar dovul tufayli halok bo‘lgan. Mahalliy hukumat motam e’lon qildi va shu sababli 2 noyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan "Valensiya" - "Real Madrid" uchrashuvi boshqa kunga qoldirilishi kutilmoqda.
Avvalroq, Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi dovul oqibatlari tufayli Ispaniya kubogi birinchi bosqichining ikkita o‘yinini – “Valensiya” va “Parla Eskuela”, shuningdek, “Levante” va “Pontevedra” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni boshqa muddatga qoldirgani ma’lum bo‘lgan edi. Ushbu o‘yinlar bugun, 30 oktyabr kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi.
Fikrlar