"Real"ga qarshi o‘yin oldidan "Bavariya"da jiddiy yo‘qotish

  • 6 may, 2024, 00:45
  • Suhrob Xolbekov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Kelayotgan haftada Chempionlar ligasi yarim finalidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. "Borussiya" PSJ mehmoni bo‘lsa, "Real" o‘z maydonida "Bavariya"ni qabul qiladi. "Santyago Bernabeu"dagi o‘yin oldidan myunxenliklar tarkibida jiddiy yo‘qotish bor. 

Tecno

Bundesliganing 32-turidan o‘rin olgan "Shtutgart"ga qarshi bahsda Tomas Tuxel shogirdlari mag‘lubiyatga uchrashdi. 17-daqiqada Rafael Gerreyro jarohat olib, maydonni tarki etdi. Uning o‘rniga esa Leron Goretska o‘yinga qo‘shildi. 

Ma’lum bo‘lishicha, portugaliyalik futbolchi to‘pig‘idan lat egan va keyingi bellashuvlarni o‘tkazib yuboradi. Uning uchun mavsum o‘z yakuniga etgan bo‘lishi ham mumkin. 

O‘tgan yozda "Bavariya"ga erkin agent sifatida o‘tgan Gerreyro so‘nggi paytlarda jamoaning muhim a’zolaridan biriga aylana oldi. "Real"ga bilan bo‘lib o‘tgan dastlabki o‘yinda zaxirada qoldirilib, ikkinchi taym boshida maydonga tushirilgandi. Bu safar boshlang‘ich tarkibga kiritilishi kutilayotgandi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Bahrom Yunusov
06/05/2024 13:10
Birinchi aynan shu o'yinchi maydonga tushib o'yinni kuchaytirgandi